Hurmatli nuroniy Bibixon ona, hamisha hurmat-ehtiromda
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tuzilgan maxsus ishchi guruh vakili Baxtiyor Saidqosimov, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tumanimizning faol ayollari bilan birgalikda “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi 100 yoshdan oshgan nuroniy Bibixon Akimniyazovaning holidan xabar oldi.
Respublikadan biriktirilgan maxsus ishchi guruh vakili Baxtiyor Saidqosimov nuroniy onamiz bilan bir dasturxon atrofida suhbatlashdi. Suhbat davomida Bibixon ona o‘zining hayot yo‘lidan misollar keltirib, pand-nasihatlarini aytdi va bugungidek tinch, obod, farovon yurtda yashayotgan har bir inson shukronalik qilishi kerakligini eslatib, tashrif buyurgan mehmonlarga oq fotiha berdi.
Taxtako‘pir tumani hokimligi axborot xizmati