Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

Milliylik – abadiy meros


Milliylik – abadiy meros

Dunyoda ko‘plab xalqlar va millatlar mavjud bo‘lib, bu xalqlarning har birining o‘ziga xos madaniyati bor. Ayniqsa, bu ularning urf-odat va an’analarida o‘z aksini topgan.

Qoraqalpoq xalqi ham boshqa xalqlar singari o‘z tarixi, madaniyati va urf-odatlariga ega. Xususan, qoraqalpoq xalqi o‘zining milliy liboslari bilan boshqa millat vakillaridan ajralib turadi.

Xotin-qizlar o‘rtasida milliy kiyinish madaniyatini targ‘ib qilish, yosh avlodni ushbu qadriyatlar asosida tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyatini yanada shakllantirish maqsadida Taxtako‘pir tumani “Davr” MFY hududidagi 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tashkilot jamoasi tomonidan “Milliy-abadiy meros” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Taxtako‘pir tumani hokimligi axborot xizmati

Skip to content