Bugun Taxtako‘pir tumani “Qoraoy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Biz tazyiq va zo‘ravonlikka qarshimiz!” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari G.Seytnazarova, mahalliy deputatlar V.Davletyarova va A.Pirjanovalar, “Namunali ayollar” guruhi rahbari B.Baymurzayeva, tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, kapitan B.Baxiyeva hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida xotin-qizlarning oilada, jamiyatda tutgan o‘rni hamda ularning qonun bilan himoya qilinadigan huquq va erkinliklari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, oilada uchrashi mumkin bo‘lgan tazyiq va zo‘ravonlik turlari, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, unga imkon yaratuvchi jihatlar misollar bilan keng muhokama qilindi.