Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

Sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi


Sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkent shahar “Taxtako‘pir” posyolka fuqarolar yig‘ini binosida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi O.Maulenov raisligida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlis kun tartibidan Taxtako‘pir tumani Ichki ishlar bo‘limi JQX Probatsiya guruhi hisobida jazoni o‘tayotgan 8 nafar fuqaro jazoni o‘tash tartib-qoidalariga yaxshi munosabatda bo‘lgan holda sodir etgan jinoyatiga pushaymonligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

Sud majlisi yakunida sud raisi tomonidan fuqarolar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi.

Taxtako‘pir tumani hokimligi axborot xizmati

Skip to content