Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

Taxtako‘pir tumani Madaniyat markazida Sektor rahbarlari va tuman yoshlarining ochiq muloqot tarzida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.



Bugun Taxtako‘pir tumani Madaniyat markazida Sektor rahbarlari va tuman yoshlarining ochiq muloqot tarzida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tumanimizdagi sport, madaniyat, san’at, tadbirkorlik va boshqa sohalarda yutuqlarga erishib kelayotgan hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.


Unda tuman hokimi J.Adilov so‘zga chiqib, hurmatli Prezidentimizning bevosita rahbarligida yoshlarga qaratilayotgan alohida e’tibor, ularni qo‘llab-quvvatlash, iste’dod va qobiliyatini yuzaga chiqarish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani, har bir yoshning muammolarini hal etish yo‘lida bor imkoniyatlar safarbar etilayotganini ta’kidladi.

Tadbir davomida yoshlar ham o‘zlarining muammo va takliflari bilan o‘rtoqlashib, qiziqtirgan savollariga javob oldi. Shuningdek, soha rahbarlari tomonidan aniqlangan barcha muammo, kamchiliklarni hal etishning zarur choralari va ularni amalga oshirish muddatlari belgilab olindi.

Taxtako‘pir tumani hokimligining axborot xizmati

Skip to content