Maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Taxtako‘pir tumani «Dáwqara» ОFY hududida «Quturish» kasalligining kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish, bunday vaziyatlarda harakat qiluvchi davlat ro‘yxatining hududiy quyi tarmog‘i, tuman bo‘g‘iniga kiruvchi xodimlari bilan birgalikda maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘uloti davomida ushbu kasallik tarqalishining oldini olish, hayvonlardan jabrlangan fuqarolarga antirabik tibbiy yordam ko‘rsatish, itlarni kasallikka qarshi davolash, epizootologlar hamda epidemiologlarning birgalikdagi harakatlarini tashkil etish, qarovsiz hayvonlarni tutish ishlari amaliyotda ko‘rsatib berildi.
Maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazishdan maqsad, tuman hududida epidemik va epizootik holatlarning barqarorligini ta’minlash, quturish kasalligi bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olishdir.