Sayyor qabul
Bugun Taxtako‘pir tumani «Aydın jol» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 2-sonli maktabda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining o‘rinbosari B.Nawrızbaev rahbarligida sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda Taxtako‘pir tumani prokurori R.Jalelov, tumandagi Xalq qabulxonasi boshlig‘i A.Djumaniyazov va tegishli idora, tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar ishsizlik, ichki yo‘l, elektr energiyasi, ichimlik suvi masalasi, bank krediti va boshqa turli shaxsiy muammolari bilan murojaat qildi.
Fuqarolarning murojaatlaridan ayrimlari joyida hal etilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqilishi uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.