Bugun Taxtako‘pir tumani Madaniyat bo‘limida tumandagi mahalla raislari ishtirokida “Obod xonadon,” “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” ko‘rik tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov asosan tasdiqlangan qonun asosida hakamlar hay’ati tomonidan xolis baholanib borildi va tanlov shartlari bo‘yicha:
1-o‘rin “O‘zbekiston” MFY raisi Baymuratov Perdebay Habibnazarovich;
2-o‘rin “Taxtako‘pir” PPJ boshlig‘i Nietullaev Alpisbay Begdullaevich:
3-o‘rinni “Qoraoy” QFY raisi Palmuratov Asqarbay Genjebayevichlar egalladi.
Shuningdek, g‘oliblar tadbir tashkilotchilari tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Tanlovda birinchi o‘rinni egallab, g‘olib deb topilgan P.Baymuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga yo‘llanma oldi.