Tashqi migratsiyadagi yoshlar muammolari masofadan o‘rganildi
Taxtako‘pir tumanidagi sektor rahbarlari tomonidan chet ellarda ta’lim olayotgan va ishlab kelayotgan yoshlar bilan ijtimoiy tarmoq orqali suhbat olib borilib, ularning muammolari masofadan o‘rganildi.
Suhbat davomida tuman hokimi J.Adilov, tumanda yoshlarimizning bandligini ta’minlashda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘zlab, qiziqishi asosida tadbirkorlikni boshlash niyatida bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlarning ajratilishi va yana boshqa daromad topish manbalarining qulayliklari bo‘yicha keng tushunchalar berib o‘tdi.
Shuningdek, yoshlarimizning malakasi asosida bugungi kunda tuman hududida yaratilgan bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi. Onlayn tarzda o‘tkazilgan suhbatda 15 nafar yoshlarimiz ishtirok etib, ularning muammolari batafsil o‘rganildi.
Taxtakópir rayonı hákimliginiń málimleme xızmeti