Chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish tadbirlari boshlandi
«O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga asosan joylarda chaqiruv yoshidagi fuqarolarni milliy armiyamiz saflariga tantanali kuzatish marosimlari boshlandi.
Shu yilning 4-mart kuni Respublikamiz bo‘ylab joylardagi yig‘in punktlarida jasur, mard yigitlarni muddatli harbiy xizmatga kuzatishning dastlabki marosimlari bo‘lib o‘tdi.
Shu qatorda Taxtakoʻpir tumanidan 4 nafar mard oʻgʻlonlar Boranbaev Elbrus, Berdimuratov Aydos, Alautdinov Qanat va Omarov Muhammedlar oʻz yigitlik burchini oʻtash uchun Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari safiga tantanali ravishda kuzatildi.
Tantanali kuzatuvda davlat va jamoatchilik tashkiloti vakillari ishtirok etdi.