Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

Hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholining farovon turmushini ta’minlash borasidagi yana bir alohida muhim farmoni qabul qilindi.


Hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholining farovon turmushini ta’minlash borasidagi yana bir alohida muhim farmoni qabul qilindi.

Ushbu farmon bilan:

2025-2026 yillar davomida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi soddalashtiriladi, ya’ni:

Muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan ijara muddati 30 yildan 49 yilga uzaytirildi.

35 ming gektar bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi.

– elektron onlayn auksion savdolarida yer uchastkasining boshlang‘ich narxi yer uchastkasining normativ qiymatining 20 foizi miqdorida, qayta foydalanishga kiritiladigan yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi normativ qiymatining 10 foizi miqdorida belgilanadi;

– yer uchastkasining narxini 10 yil davomida bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Elektron onlayn auksion savdolari orqali ajratiladigan barcha turdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga oluvchilar qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari va hajmlarini, shuningdek, ularni yetishtirish va agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish usullarini mustaqil ravishda shaxsan belgilaydi.

Ijaraga beriladigan yer uchastkalari chetlarida, 20 sotixgacha o‘lchamda mulk huquqisiz yengil konstruksiyali muzlatkichli omborxonalar, saralash, qayta ishlash va qadoqlash obyektlari, suv tejovchi texnologiyalar, suv saqlash havzalari, dala shiyponlari va texnika parklari barpo etishga ruxsat berildi.

“Elektron onlayn-auksionlarni ta’sis etish” AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy vakili
A.Jamilov

Skip to content