Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

Bugun Taxtako‘pir tumani «Ǵárezsizlik» MFY hududidagi 6-sonli maktabda “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining Taxtako‘pir tumani bosqichi o‘tkazildi.


Bugun Taxtako‘pir tumani «Ǵárezsizlik» MFY hududidagi 6-sonli maktabda “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining Taxtako‘pir tumani bosqichi o‘tkazildi.

Dastlab, tadbirning ochilish marosimi o‘tkazilib, unda tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Bekturganov, O‘zbekiston Respublikasi adaptiv sport assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi o‘rinbosari A.Temirbayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi deputati, «Ǵárezsizlik» MFY raisi A.Alliyarova, Nuroniy jamg‘armasi boshlig‘i E.Begmanov, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi sektor boshlig‘i R.Maqsetbayev, Sport maktabi direktori B.Jarimbetovlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, barcha sportchilarni bugungi sport bayrami bilan tabriklab, musobaqaning yuqori darajada o‘tkazilishini alohida ta’kidladi va ishtirokchilarga omad tiladi.

So‘ng sportning parasport yo‘nalishi bo‘yicha qizg‘in bellashuvlar o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlandi va tashkilotchilar tomonidan diplom hamda sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, birinchi o‘rinni egallagan sportchilarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga yo‘llanmalar topshirildi.

Skip to content