Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.


Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida siyosiy partiyalar, tumandagi muassasa, korxona, tashkilot rahbarlari va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyani Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashi raisining o‘rinbosari T.Jusupov olib bordi.

Sessiya kun tartibiga muvofiq quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Taxtako‘pir tumanidagi Xalq qabulxonasining tumandagi muassasa, korxona, tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlash ishlarining borishi hamda mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risidagi axboroti haqida.
Taxtako‘pir tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2025-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlari haqida.

Taxtako‘pir tumani soliq inspeksiyasi tomonidan 2025-yil I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida.


Olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish va aholining jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha Taxtako‘pir tumani sport maktabi direktorining hisoboti to‘g‘risida.


Taxtako‘pir tumani mahalliy byudjetining erkin qoldiq qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikr va takliflarini bildirdi. So‘ng ko‘rilgan masalalar bo‘yicha Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Taxtako‘pir tumani hokimligining axborot xizmati

Skip to content