Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

Rasmiy munosabat!


Rasmiy munosabat!

Shu yilning 27 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Taxtako‘pir tumani Qorateran ko‘li bo‘yida tashkil etilgan eko-turistik kompleksida yuzaga kelgan tartibsizlik va salbiy holatlar bo‘yicha rasmiy munosabat bildiramiz.

2025 yil 26 aprel kuni “Qorateran” eko-turistik majmuasida “Talabalar bahori” festivali hamda gala kontsert dasturlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirga respublikamizning ko‘plab hududlaridan mehmonlar tashrif buyurib, festival doirasida xalq va zamonaviy musiqa, teatrlashtirilgan va badiiy tomoshalar tashkil etildi.

Biroq ayrim fuqarolar tomonidan o‘sha hududdagi ruxsat etilmagan qurilmalardan foydalanishi natijasida salbiy holatlar yuzaga kelib, tartibsizliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Ushbu holat bo‘yicha tegishli tashkilot vakillari bilan birgalikda o‘rganish ishlarini olib borganimizda, holat bo‘yicha jabrlanganlar aniqlanmadi va bunday tartibsizliklarning oldini olish bo‘yicha ogohlantiruvchi belgilar tegishli joylarga o‘rnatish ishlari olib borildi.

Hurmatli fuqarolar!

Ushbu ko‘prik sadoqlarda intensiv usulda etishtirilayotgan baliqlarni oziqlantirish va ularga xizmat ko‘rsatish maqsadida o‘rnatilgan. Ko‘prik baliqchilikni samarali tashkil etish va baliqlarni barqaror parvarishlash uchun maxsus foydalanilmoqda.

Shu munosabat bilan, fuqarolar va mehmonlardan ko‘prikdan boshqa maqsadlarda – masalan, yurgan holda sayr qilish, baliq ovlash, suvga sakrash yoki dam olish uchun foydalanmaslikni qat’iy so‘raymiz.

Ushbu cheklov, birinchidan, fuqarolar xavfsizligini saqlash, ikkinchidan, baliqchilikni rivojlantirishning uzluksiz davom etishini ta’minlash maqsadida joriy etilgan.

Barcha fuqarolardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini va ko‘rsatilgan cheklovlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlarini so‘raymiz.

Qoidalarga rioya qilmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Skip to content