Bugun Taxtako‘pir tumani Mudofaa ishlari bo‘limi shaxsiy tarkibi bilan Huquqbuzarliklar profilaktikasining oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Taxtako‘pir tumani Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i mayor N.Muxitdinov ochib, hozirgi paytda mamlakatimizda huquqbuzarliklarga qarshi keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib ushbu amalga oshirilayotgan ishlarga qaramasdan poraxo‘rlik va boshqa jinoyatlarning keskin turda ko‘payib borayatgani, buning oldini olish uchun shaxsiy tarkib o‘rtasida o‘tkaziladigan tarbiyaviy ishlar sifat samaradorligini oshirish, harbiy xizmatchilar intizomini kuchaytirish ularga yuksak madaniyat or-nomusni muqaddas saqlash kerak ekanligini aytib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida Taxtako’pir tumani prokuraturasi prokurori yordamchisi ikkinchi darajali yurist G.B.Abdiev so‘zga chiqib o‘z so‘zida, qonunbuzilishlarni oldini olish, jinoyatchilik darajasi va poraxo‘rlik haqidagi ma’lumotlarni aholiga etkazish masalalarida ommaviy axborot vositalari bilan faol hamkorlik qilish, shu jumladan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar murojaatlari va muammolariga bepisand munosabatda bo‘lmaslik to‘g‘risida shaxsiy tarkibga tushintirib o‘tdi.
Kun tartibidagi masala bo’yicha Taxtako’pir tumani IIB dan kapitan R.Jaqsimuratov so’zga chiqib mudofaa ishlari bo‘limida davlat va harbiy sirlarni saqlash hamda maxfiy hujjatlar bilan ishlash tartibi va qoidalariga amal qilinishi yuzasidan tushuntirish berdi.
Taxtako’pir tumani hokimligining axborot xizmati