Bugun Taxtako‘pir tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda ATB “Agro bank” tuman filiali tomonidan tuman Madaniyat markazida bo‘sh ish o‘rinlari uchun “Mehnat yarmarkasi” va “Loyihalar yarmarkasi” tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari B.Allamuratov, tegishli soha rahbarlari, tumandagi 29 ta muassasa va korxona vakillari, shuningdek, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlar, xotin-qizlar va tashqi migratsiyada ishlashni xohlovchi fuqarolar ishtirok etdi.
O‘tkazilgan tadbirda ishtirok etgan 47 nafar ishsiz fuqarolardan 11 nafariga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan ishga joylashtirish uchun yo‘llanma berildi va ushbu fuqarolardan 6 nafari doimiy ishga joylashtirilib bandligi ta’minlandi. Shuningdek, qolgan 36 nafar fuqarolarga mehnat munosabatlari bilan bog‘liq huquqiy maslahatlar berildi.
Taxtako‘pir tumani hokimligi axborot xizmati