Уakka tartibdagi qabul
Bugun Taxtako‘pir tumani hokimi J.Adilov tomonidan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, taklif va fikrlarini eshitish maqsadida navbatdagi yakka tartibdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolarning bandlik, uy-joyini ta’mirlash, imtiyozli bank krediti olish masalasi va boshqa muammolari bo‘yicha murojaatlari tinglandi. Bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida yechimini topib, o‘rganib chiqilishi uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislarga topshiriqlar berildi.
Taxtako‘pir tumani hokimligining axborot xizmati