Taxtako‘pir tumani markazidan uzoq hududda joylashgan “Dawıtsay” MFY hududidagi 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘zbek xalqining buyuk klassik shoiri Alisher Navoiy bobomizning 584 yilligi va qozoq shoiri, yozuvchisi Muqagali Maqatayevning tug‘ilganiga 94 yil to‘lishi munosabati bilan adabiy kecha o‘tkazildi.
Kecha davomida maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari T.Sabirova ikki shoir ijodi haqida o‘quvchilarga ma’lumotlar berib o‘tdi.
Shundan so‘ng maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, raqs va shoir ijodidan qo‘shiqlar ijro etilib, kecha ko‘tarinki ruhda davom etdi.
Taxtako‘pir tumani hokimligining axborot xizmati