Milliylik-mangu meros
Dunyoda ko‘plab xalqlar va millatlar mavjud bo‘lib, bu xalqlarning har biri o‘ziga xos madaniyatga ega. Ayniqsa, bu ularning urf-odat va an’analarida o‘z aksini topgan.
Qoraqalpoq xalqi ham boshqa xalqlar kabi o‘zining tarixi, madaniyati va urf-odatlariga ega. Xususan, qoraqalpoq xalqi o‘zining milliy kiyimlari bilan boshqa millat vakillaridan ajralib turadi.
Xotin-qizlar o‘rtasida milliy kiyinish madaniyatini targ‘ib qilish, yosh avlodni ushbu qadriyatlar asosida tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyatini yanada shakllantirish maqsadida Taxtako‘pir tumani “Oydin yo‘l” MFY hududidagi 4-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tashkilot jamoasi tomonidan “Milliylik-mangu meros” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Taxtako‘pir tumani hokimligining axborot xizmati