E’LON!
Shu yilning 28-fevral kuni soat 10:00 da tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashining navbatdagi yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, siyosiy partiya rahbarlari, muassasa, korxona, tashkilot rahbarlari va fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Sessiya ishtirokchilarini ro‘yxatga olish soat 9:30 dan boshlanishini ma’lum qilamiz. Sessiyani Taxtako‘pir tumani hokimligining rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.
https://www.facebook.com/TaxtakopirPress