Bugun Taxtako‘pir tumanidagi «Dáwqara» stadionida Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining kubogi uchun “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan harbiy-sport musobaqasida o‘quvchilar qonunda belgilangan shartlar bo‘yicha kuch sinashdi va musobaqa natijasiga ko‘ra:
1-o‘rin 2-sonli maktabning “Burgutlar” jamoasi;
2-o‘rin 5-sonli maktabning “Orol” jamoasi;
3-o‘rinni 6-sonli maktabning “Lochinlar” jamoasi egalladi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Bekturganov va tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik J.Sultonovlar ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan jamoalarni tabriklab, ularga maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.