Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

13-mart – qozoq xalqining “Kórisiw-amal merekesi” kuni


13-mart – qozoq xalqining ” Kórisiw-amal merekesi” kuni

Sana munosabati bilan bugun Taxtako‘pir tumani markazidan uzoq hududda joylashgan “Qońıratkól” ovul fuqarolar yig‘inida “Amal keldi – jıl keldi” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Seytnazarova, tuman IIBning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, kapitan B.Baxiyeva ishtirok etib, qishloq aholisini 13-mart – Qozoq xalqining Amal-ko‘rishuv kuni bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Bayram tadbiri hududdagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti, shuningdek, faol xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan milliy sahna ko‘rinishlari, raqs, milliy qo‘shiq ijrochiligi va boshqa ko‘ngilochar tadbirlar bilan ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Ma’lumot o‘rnida aytadigan bo‘lsak, Bu bayram azaldan millatlararo totuvlik, yoshlarni o‘zaro do‘stlik, bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, kam ta’minlangan oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bayram desak bo‘ladi. Sababi, shu kuni ota-bobolarimiz qishdan omon-eson chiqqaniga quvonib, shu sanada barcha qishloq-aymoq yig‘ilib bu bayramni nishonlagan.

Mana, shuning uchun shu kuni qozoq xalqi bir-biri bilan quchoq ochib ko‘rishib, elga kirib kelgan yangi yil bilan bir-birini tabriklaydi. Ezgu tilaklar aytib, o‘tgan yildan qolgan gina-kuduratlarni unutib, bu kunni bayram sifatida keng nishonlaydi.

Skip to content