“Yashil chiroq” sport musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi
Taxtako‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilish va shu orqali ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Yashil chiroq” sport musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.
O‘quvchi yoshlar musobaqa nizomiga ko‘ra, belgilangan shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Qiziqarli o‘tgan musobaqa yakunida, birinchi o‘rinni 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi egallab, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘rin 1-sonli maktab, faxrli uchinchi o‘rin 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilariga nasib etdi.