Elon!
Joriy yilning 28 yanvar kuni soat 15:00 da tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, siyosiy partiya rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, muassasa, korxona, tashkilot rahbarlari va fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Sessiya ishtirokchilarini ro‘yxatga olish soat 14:30 dan boshlanishini ma’lum qilamiz. Sessiyani Taxtako‘pir tumani hokimligining rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.