“Yosh qutqaruvchi” harbiy sport musobaqasining Taxtako‘pir tumani bosqichi o‘tkazildi
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda qutqaruv xizmatiga qiziqtirish maqsadida “Yosh qutqaruvchi” harbiy sport musobaqasining Taxtako‘pir tumani bosqichi o‘tkazildi.
Tuman hokimligi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan sport musobaqasining tuman bosqichiga umumta’lim maktablaridan jami 20 ta jamoa ishtirok etib, tanlov nizomida ko‘rsatilgan shartlar bo‘yicha o‘zaro musobaqalashdi.
O‘tkazilgan musobaqa yakuni bo‘yicha:
1-o‘rin – 3-sonli maktab;
2-o‘rin – 13-sonli maktab;
3-o‘rinni 2-sonli maktab jamoasi egalladi va tashkilotchilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, 1-o‘rinni egallagan 3-sonli maktab jamoasi “Yosh qutqaruvchi” harbiy sport musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.