Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining tegishli qaroriga asosan, joriy yilning 15 fevral sanasidan hududiy boshlang‘ich partiya tashkilotlarida hisobot saylov yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda.
O‘zLiDeP Taxtako‘pir tumani Kengashi tarkibiga 3715 a’zoni birlashtirgan 71 o‘rindagi boshlang‘ich partiya tashkiloti bo‘lib, hozirgi kunlarda ushbu quyi bo‘g‘inlarda muhim jarayon, hisobot-saylov majlislari bo‘lib o‘tmoqda.
Taxtako‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3-sonli maktab huzuridagi boshlang‘ich partiya tashkilotlarida o‘tkazilgan hisobot saylov yig‘ilishida BPТ raisi tuman Kengashi deputati Z.Seytnazarovaning tashkilot tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisobotlari tinglandi. Shuningdek, 2025 yil davomida bajariladigan chora-tadbirlar bo‘yicha ish rejalar belgilandi.