#Sayyor_qabul
Bugun Taxtako‘pir tumani hokimi J.Adilov, tumandagi Xalq qabulxonasi boshlig‘i A.Djumaniyazov bilan birgalikda 1-sektorga qarashli «Dawıtsay» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 16-sonli maktabda hudud aholisi bilan uchrashib, ularning murojaatlarini, fikr va takliflarini tinglash maqsadida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida hudud aholisining turli sohalarga oid muammolari bilan birga fikr va takliflari tinglandi. Qabul yakunida kelib tushgan murojaatlarni belgilangan muddatlarda o‘rganib chiqish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib, nazoratga olindi.
Taxtakópir rayonı hákimliginiń málimleme xızmeti