Bugun Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Respublika targ‘ibot guruhi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Bekturganov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog‘iston bo‘limi boshlig‘i T.Atamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Musulmonlar qoziyoti qozisi B.Razov, Nukus davlat pedagogika instituti professori Q.Mambetov va targ‘ibot guruhi a’zosi nuroniy, B.Sultanov, shuningdek, tuman faollari, deputatlar, tegishli tashkilot mas’ullari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan dunyoda mafkuraviy kurashlar davom etayotgan, kiber va ma’naviy tahdidlar tobora kuchayib borayotgan hozirgi davrda bolalar o‘rtasida uzluksiz ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida, millatlararo totuvlik, hamjihatlikni mustahkamlash, asrlar davomida shakllangan qadriyatlarga amal qilib yashashga o‘rgatish, jamiyatdagi salbiy illatlarga, tahdidlarga qarshi kurashish immunitetini shakllantirish ustuvor vazifalardan ekanligi haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuv yakunida xalqimiz o‘rtasida milliy birlikni ta’minlash, yosh avlod ongida Vatanparvarlik tuyg‘usini, fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, yoshlarni umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash orqali milliy ma’naviyatimizni rivojlantirishda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini doimiy ravishda olib boruvchi tuman targ‘ibot guruhi a’zolariga topshiriqlar berildi.
Taxtako‘pir tumani hokimligining axborot xizmati