Yoshlar bilan ahamiyatli uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Jizzax viloyati va tuman hokimligi bilan hamkorlikda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning Jizzax viloyatida bandligini ta’minlash, shuningdek, biznes tashabbuslarini amalga oshirishda ko‘maklashish maqsadida ahamiyatli uchrashuv o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Bekturganov, Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari A.Savurbayev, tuman Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi va tuman yoshlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari A.Savurbayev so‘zga chiqib, viloyatdagi bo‘sh ish o‘rinlari, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.



Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarning ham fikr-mulohazalari tinglanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olindi hamda ishga joylashish imkoniyatlari, biznesni rivojlantirish uchun qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.


Ushbu uchrashuv Тaxtako‘pirlik yoshlar uchun o‘z kelajagini rejalashtirish, ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish, biznes tashabbuslarini amalga oshirish uchun muhim maydon bo‘ladi.
Taxtako‘pir tumani hokimligining axborot xizmati











